Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish — mahallada kambag‘allikni qisqartirishning asosiy omili sifatida
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida mahalla institutining kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni va ahamiyati tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishning samarali boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada "mahallabay" ishlash tizimi doirasida "hokim yordamchilari" instituti tomonidan qo‘llanilayotgan uslubiy yondashuvlar, xususan, ehtiyojmand oilalarni tadbirkorlikka jalb qilishning moliyaviy va tashkiliy asoslari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida mahallalarning ichki resurslari va "o‘sish nuqtalari"dan foydalangan holda kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar shakllantirilgan