Jurnal maqsadi va vazifalari
Jurnalning asosiy maqsadi — zamonaviy ilm-fanning fundamental va amaliy yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish, ilmiy muloqotni rivojlantirish hamda ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar sohasidagi ilg‘or tadqiqot natijalarini nashr etishdir.
Jurnal yo‘nalishlari va OAK ixtisosliklari:
- 07.00.00 — Tarix fanlari
- 09.00.00 — Falsafa fanlari
- 10.00.00 — Filologiya fanlari
- 12.00.00 — Yuridik fanlar
- 13.00.00 — Pedagogika fanlari
- 19.00.00 — Psixologiya fanlari
- 08.00.00 — Iqtisodiyot fanlari
- 23.00.00 — Siyosatshunoslik fanlari
- 24.00.00 — Islomshunoslik fanlari
Nashr davriyligi va parametrlari:
- Davriyligi: Yiliga 4 marta (har chorakda).
- Tillar: Qoraqalpoqcha, O‘zbekcha, Ruscha, Inglizcha.
- ISSN (bosma): 2010-9075
- Muassis va nashriyotchi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
OAK tasdig‘i va akkreditatsiyasi
«Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Axborotnomasi» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) Rayosatining qarorlari bilan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Antiplagiat va Ochiq kirish (Open Access)
Barcha qo‘lyozmalar «Antiplagiat» tizimida majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Jurnal Creative Commons Attribution (CC-BY) litsenziyasi asosida to‘liq ochiq kirish huquqini taqdim etadi.