Synthesis, structure and electronic properties of a new [zn(iaa)₂(aa)₂]·2h₂o coordination complex: a combined experimental and computational study
Kalit so'zlar:
rux(II), indol-3-sirka kislotasi, atsetamid, koordinatsion birikma, sintez, IQ-spektroskopiya
Annotatsiya
Maqolada rux(II) ioni bilan indol-3-sirka kislotasi (geteroauksin) va atsetamid asosidagi yangi aralash ligandli koordinatsion birikmaning sintezi tavsiflangan. Olingan kompleks birikmaning tarkibi va tuzilishi element tahlili hamda IQ- spektroskopiya usullari yordamida tadqiq etildi. IQ-spektrlar tahlili ligandlarning metal ioniga koordinatsiyalanish usullarini aniqlash imkonini berdi. Tadqiqotning ikkinchi qismida kompleksning elektron tuzilishi va termodinamik xarakteristikalari kvant-kimyoviy hisoblashlar (DFT usuli) yordamida tahlil qilindi. Natijalar nazariy va tajribaviy ma'lumotlar o‘rtasida yuqori korrelyatsiya mavjudligini ko‘rsatdi, bu esa sintez qilingan kompleksning potentsial biologik faolligi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi
Qanday iqtibos keltirish kerak
S. A. Ismailova, S. Z. Ibragimov, D. S. Djabberganov, O. I Khudoyberganov (2026).
Synthesis, structure and electronic properties of a new [zn(iaa)₂(aa)₂]·2h₂o coordination complex: a combined experimental and computational study.
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETINING AXBOROTNOMASI,
2026/2, 51-56.
QR kod orqali ochish