Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvсhilarda tadqiqotchilik kompetensiyalarni rivojlantirish (Adabiyot darslari misolida)
Annotaciya
li lugʻati”da tadqiqot arabcha soʻz boʻlib, birinchidan, “tadqiq ishi, tekshirish, oʻrganish; ikkinchidan esa ilmiy tekshirish ishining natijasi; tadqiqotchilik “tadqiqot bilan mashgʻul boʻlish, tadqiqot ishlari” tarzida taʻrif beriladi. Pedagogik lugʻatlarda fandan kelib chiqqan holda ʻtadqiqot metodiʻ deb taʻrif beriladi. Tahlil va natijalar. Kompetentlik atamasi esa muayyan turdagi kompetensiyaga ega, izlanishga layoqatli, oʻz sohasini biladigan, uni boshqalarga taqdim etishni oʻrgataladigan “mahorat sohibi” maʻnolarini beradi “Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoѐn eta olish “Kompetentlik” tushunchasi taʼlim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtayi nazardan kompetentlik “noanʼanaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning oʻzini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan oʻzaro munosabatlarda yangi yoʻl tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga toʻla maʼlumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Tadqiqot metodi – borliq hodisalarini amaliy-nazariy jihatdan anglash hamda oʻrganishning yoʻlyoʻriq, tadbir va usullari. Tadqiqotchi – ilmning u yoki bu sohasida tadqiqot ishi bilan shugʻullanuvchi mutaxassis. Tadqiqot metodi – 1) bilimlarning ijodiy qoʻllanishini taʻminlash metodi; 2) ilmiy bilish metodlarini izlash jarayonida ularning oʻzlashtirilishiga qaratilgan metod. Tajriba- pedagogik voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Lugʻatlardagi taʻriflardan koʻrinib turibdiki tadqiqot ilmiy bilish jarayoniga ijodiy yondashish demakdir. Tadqiqot va tadqiqotchilikning maqsadi o‘quvchilarning ilmiy kashfiyotlari emas, balki ularning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishdir [1.62]. O‘quvchilar tadqiqotchilik faoliyatiga jalb qilinganda, ularning qobiliyatini, ularni qiziqtirgan masalalarni turli fan sohalarida chuqur oʻrganish motivatsiyasini hisobga olish zarur. “Tadqiqot faoliyati” iborasidagi muhim soʻz bu-tadqiqotdir. “Tadqiqot” tushunchasining talqini turli lugʻatlarda va ilmiy manbalarda uchraydi. Izohli lugʻatda taʻkidlanganidek, tadqiqot olimlar tomonidan qandaydir hodisa, muammoni oʻrganadigan harakat demakdir. Ilmiy tekshirish ishining natijasidir. Kompetensiya – u yoki bu soha boʻyicha bilimdonlik Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv esa oʻquvchilarda ilmga chanqoqlik, izlanuvchanlik, yangilik yaratishga intilish hislatlarini tarbiyalaydi. Kompetensiya tushunchasi lotincha “competentia” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, izohli lugʻatda “qonunan ega”, “haqdor” degan ma’noni anglatadi, umumiste’molda keng ishlatiladigan “qobiliyat”, “koʻnikma,” “iqtidor” tushunchalariga yaqin turadi . Kompetensiya (lotincha competencia) inson yaxshi xabardor, bilim va tajribaga ega masalalar doirasini ifoda etadi. “Kompetensiya” atamasi 1965-yilda ilk bor N.Xomskiy tomonidan qoʻllanilgan. U oʻzining “Sintaksis nazariyasi aspektlari” deb nomlangan asarida faoliyatning ideal sharoitlarida oʻz ifodasini topadigan ayrim ideallashgan obyektlarga tavsiflashga (N.Xomskiy boʻyicha: tilni oʻrganishda muloqotning ideal sharoitlarida) xizmat qiladigan “kompetensiya” tushunchasini qoʻllashni taklif etgan. Asarning “Yaratuvchan grammatika lingvistik kompetensiya nazariyasi sifatida” deb nomlangan bobida N.Xomskiy kompetentlik tushunchasiga murojaat qilmaydi, biroq kompetensiyaning biror narsa haqidagi bilimlar (N.Xomskiy boʻyicha: “oʻzining tilida soʻzlovchi-tinglovchining bilimlari”) asosida nimanidir qoʻllash olish (tildan real foydalanish) – bular birbiridan tubdan farq qiladigan tushuncha ekanligini asoslab bergan. Kompetensiya (lotincha soʻz boʻlib, erishaman, toʻgʻri kelaman maʼnolarini bildiradi) – subyektning maqsadni qoʻyish va unga erishish uchun tashqi va ichki zahiralarni samarali birga tashkil qila olishlikka tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan kasbiy masalalarni yecha olishga shaxsiy qobiliyatidir [5.12]. Kompetensiya soʻzining inglizcha lugʻaviy maʻnosidan kelib chiqib “qobiliyat” tushunchasini koʻrib chiqamiz. Qobiliyat - 1. Biror ishga qobillik, yaroqlilik, biror ishni bajara, qila olish xususiyati, layoqati. 2. Isteʼdod, talant. Qobiliyat - mayl, kizikish, moyillik, sodiqlik, tarafdorlik, layoqat, qobillik, qodirlik. 1. Bilim, ko‘nikma, malakalardan farqli ularoq, shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi subyektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruxiy va jismoniy xususiyatlari. 2. Isteʼdod, talant. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qobiliyatga shunday taʻrif berilgan [5.16]. Pedagogik lugʻatlarda qobilyat va ijod,ijodkorlik tushunchalarini koʻrib chiqamiz. Qobiliyat - oʻquvchi yoki talabaning individual salohiyati, imkoniyatlari ifodasi. Qobiliyat bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi. “Kognitiv” tushunchasi “bilish”, “bilish faoliyati” bilan birga qoʻllaniladi. Kognitiv kompetentlikning zaruratini asoslashdan avval “bilish” tushunchasiga qisqacha toʻxtalib oʻtamiz. Bilish – bu obyektiv borliq tavsifining ongdagi ifodasidir. U his tuygʻular (boshqa odam ruhiyatidagilarni his qilish)da, fikrlar (fikrlash)da, til (interpretatsiya)da va xatti- harakat (maqsadga erishish boʻyicha harakatlar)da namoyon boʻladi [5.14]. Ijod – oʻquvchining yaratuvchiligi, kashfiyoti. Ijodiy izlanish – pedagog boshchiligida qoʻyilgan muammolar, masalalarni yechish yoʻllarini faol izlashni tashkil etishga xizmat qiladigan usuli. Kognitiv – shaxsning mustaqil fikrlash jarayoni. Kognitiv taʻlim – alohida iqtidorli bolalarga taʻlim-tarbiya. Kognitiv uslub – 1) shaxsning bilish jarayoni strategiyasida qoʻllaydigan oʻziga xos bilish xususiyatlari; 2) maxsus tanlangan testlar toʻplamiga koʻra nazorat qilish usuli yoki xususiy bilish koʻrsatkichlari majmui. Tadqiqot va tadqiqotchilikning maqsadi o‘quvchilarning ilmiy kashfiyotlari emas, balki ularning shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishdir [3.8]. O‘quvchilarni tadqiqotchilik faoliyatiga jalb qilinganda, dastlab ularning tadqiqotchilik, kompetensiyalarini, kognitiv kompetensiyalarini, kognitiv faolyatini, qobiliyatini, va ularni qiziqtirgan masalalarni turli fan sohalarida chuqur oʻrganish motivatsiyasini hisobga olish zarur. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kommunikativ kompetensiyalarni qo‘llash orqali har bir o‘quvchiga ta’sir etib, sinfda munozarali muhokama qilinadigan muhitni yaratishdan iboratdir. Bunda bir qancha metodlardan ham bir vaqtning o‘zida foydalanish mumkin. Bularning barchasi kommunikativ kompetensiyalarning qo‘llanilishiga olib keladi. O‘qituvchi tomonidan yangi mavzu muammo ko‘rinishida berilishi mumkin va o‘quvchilar oldingi bilimlarga tayanib muammoni hal etishga kirishadilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar fikrini yinglab, ushbu mavzu haqidagi ularni fikrlashlarini, qaysi fikrlari to‘g‘ri yoki qaysi fikrlari noto‘g‘riligiga qarab xulosaga ega bo‘lishi mumkin. Bugungi kunga kelib o‘qituvchi qanchalik bilimli, malakali bo'lmasin agar u an’anaviy yondashuvda qolib ketgan bo‘lsa, ayni vaqtdagi globallashuv jarayonida uning bu bilimlari albatta kamlik qiladi. Hozirgi davr talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, faol harakat qilishga tayyor, o‘quvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatish muhim hisoblanadi. An’anaviy va kommunikativ kompetensiyaga tayanib o'tilgan darslarni taqqoslaydigan bo'lsak, kommunikativ kompetensiyaga asoslanib olib borilgan darslar anchagina samarali ekanligini ko‘rishimiz mumkin. An’anaviy darslarda ko‘proq o‘qituvchi faol bo‘ladi, o‘qituvchi gapiradi, o‘quvchilar esa tinglaydi ya’ni o‘qituvchi subyekt o‘quvchilar esa obyektga aylanib qolishadi, aynan kommunikativ kompetensiya shu narsani inkor etadi. Bunda o‘quvchilarni sust obyektdan faol subyektga aylantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, turli xil variantlar va aloqa vositalarini o‘z ichiga oladi, ular yordamida o‘quvchilarning ehtiyojlari va hamkorlik qilish qobiliyatini shakllantirish, samarali o‘zaro ta’sir va aloqani rivojlantirish, malakalari amalga oshiriladi. Kommunikativlik shunday qobiliyatki, bunda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘zaro to‘g‘ri muloqot o‘rnatish natijasida o‘quvchilarda o‘ziga nisbatan ishonch hayrixohlik uyg‘otadi. Dewey bu borada shunday fikr bildirgan: “Haqiqiy ta’lim - bu tajriba asosida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, u o‘quvchilarning shaxsiy faolligini va mustaqilfikrlash qobiliyatini rag‘batlantiradi”. O‘quvchilarga to‘g‘ri muomala qilish bolalarga yaqinlasha olish ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan juda samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish pedagogik qobiliyatni mavjudligidan dalolatdir. Kommunikativ qobiliyat-bu o‘qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan aloqa o‘rnata olish faoliyatni tashkil qilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka ko‘nikma tajribasidir. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati pedagogik faoliyat jarayonida shakllanadi. Kommunikativ qobiliyatni shakllantirshda o‘qituvchi juda muhim rol o‘ynaydi. O.Hasanboyeva “Har bir bola o‘ziga xos qobiliyat bilan tug‘iladi, o‘qituvchining vazifasi - ularni erta aniqlab, rivojlantirish uchun individual yondashuvni tanlashdir” [2]. Muloqot o‘quvchilarni munosabatlar va o‘zaro ta’sirlarda o‘zining egosentrik pozitsiyasini yengib o'tganda, atrofdagi guruhdoshlari pozitsiyasini idrok etish va hisobga olishni, boshqa nuqtayi nazarni hurmat qilishni o‘rganganda, suhbatdosh yoki sherikning faoliyatdagi manfaatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Hamkorlikdagi faoliyat sherigi bilan umumiy maqsadga erishish uchun harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatlarni nazarda tutadi. Ya’ni o‘quvchilarga guruh-guruh qilib topshiriqlar berilganda albatta sheriklari bilan hamkorlik faoliyati yuzaga kelib, maqsad tomon birga yo‘naladi. J.Habermasning fikriga ko‘ra: “Muloqot orqali insonlar o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantiradi. Har qanday ijtimoiy tizimda o‘zaro muloqot muhim omil hisoblanadi” [3]. Kommunikativ kompetensiya-bu shaxsning ijtimoiy o‘zaro ta’sir jarayonida orttirilgan muloqot qilish qobiliyati. Kommukinativ kompetensiya lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik komponentlarni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetensiya ijtimoiy o‘zaro ta’sir jarayonida shakllanadi va nutq faoliyatida amalga oshiriladi. Kompetensiya samarali muloqotni ta’minlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Ushbu turdagi kompetensiya aloqa chuqurligini va doirasini o‘zgartirish, aloqa sheriklari tomonidan tushunish va tushunish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirishning nazariy asoslari zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarni mustaqil bilim olish, muammolarni tahlil qilish va ilmiy izlanish olib borishga tayyorlashning asosiy negizi hisoblanadi. Bu kompetensiya faqatgina bilimlar yig‘indisi emas, balki ularni amaliyotda, ijodiy va tanqidiy tarzda qo‘llash qobiliyatidir. Xulosa va takliflar. Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirish – ularning kelajakda oliy ta’limga tayyor bo‘lishini va jamiyatda o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi.O‘quvchilarda kognitiv kopetensiyalarni shakllantirish talabalarda tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish ilmiy jihatdan yondashish, shaxsning oʻzlashtirgan bilim, malaka, tajribasiga tayanish va yaratuvchanlik sifatlari tamkomillashtirish boy moddiy-texnik bazani taqozo etadi. Bu taʻlim muassasalarining tegishli adabiyotlar, laboratoriya xonasi va loboratoriya jihozlar bilan taʻminlanganlik darajasiga bogʻliq holda nomoyon boʻladi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish o‘quvchilarni hayotga tayyorlashning eng samarali yo‘lidir. Bu jarayonda o‘qituvchi endi asosiy bilim beruvchi emas, balki fassilitator (yo‘naltiruvchi) vazifasini bajarishi lozim. Ta’limga tadqiqotchilik elementlarini kiritish kelajakda innovatsion fikrlaydigan kadrlar tayyorlashning poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Umuman olganda, kommunikativ kompetensiyaning shakllanishi tadqiqotchilik kompetensiyaning shakllanishiga asos solidi desak mubolag‘a emas. ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021. 2. Abduqodirov A.A. Ta’limda boshqaruv va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008 3. Fayzullayeva L.S. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish pedagogik asoslari. // Inter education & global study. 2025, №5. B.230-238. 4. Hasanboyeva O. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish. 2005 5. Jo‘rayev R.X. Ta’lim menejmenti va ta’lim sifatini boshqarish asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2012 6. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi (Ilmiy maqolalar to‘plami). 7. M. Odilova, D. Jabbarova, S. Joʻraev. Pedagogik atamalar. Namangan – 2023-y., 94-b. 8. Yo‘ldoshev J.G‘. Zamonaviy dars. – Toshkent, 2018. 9. Oʻzbek tilining izohli lugʻati / 5 jildli. Uchinchi jild. A.Madvaliev tahriri ostida. Tahrir hayati: E.Begmatov boshq. - Toshkent: “Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - 637-b. 10. Habermas J. Kommunikativ harakat nazariyasi.2000 11. [https:lex.uz. 2019 yil, 5-mart] 12. [https:lex.uz. 2020-yil 11-sentyabr]